Fernando Polo va Joan Poki xabariga ko'ra, so'nggi haftalarda NFL vakillari hamda «Barselona» o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi. Tomonlar klubning stadionida Amerika futboli bo'yicha o'yin o'tkazish imkoniyatlarini muhokama qilishgan.
Gap 2029-yil haqida ketmoqda, o'sha vaqtga kelib stadion to'liq ta'mirlanib, foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
NFL o'yinlarini tashkil etish «Barsa»ga chiptalar, telehuquqlar, merchendayzing savdosi hamda AQSH va Lotin Amerikasidan yangi homiylarni jalb qilish orqali daromad olish imkonini beradi. Turli tadqiqotlarga ko'ra, bunday ko'lamdagi o'yin shaharga 70 million atrofida foyda keltirishi mumkin, «Barselona»ning o'zi esa taxminan 10 million daromad qilishi kutilmoqda.
Hozircha yakuniy kelishuvga erishilmagan, ammo har ikki tomon ham bu borada manfaatdor. Kelishuv NFL o'yinlarini «Santyago Bernabeu»dan «Kamp Nou»ga ko'chirishga olib kelishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!