«Bavariya» Turinda «Klubning eng yaxshi raqamli va ijtimoiy tarmoqlar jamoasi» mukofotini qo'lga kiritdi.
📈 Hakamlar hay'ati klubni «millionlab muxlislarni butun dunyo bo'ylab jalb qiluvchi, shu bilan birga mahalliy o'ziga xoslik va klub qadriyatlariga chuqur ildiz otgan global raqamli strategiyani amalga oshirishdagi favqulodda qobiliyati uchun» yuqori baholadi.
✨ Shtefan Mennerix («Bavariya» media direktori):
«Biz ushbu mukofotni olganimizdan faxrlanamiz. Bu biz nafaqat Germaniyada, balki butun dunyoda raqamli kanallarimiz orqali odamlarni «Bavariya»ni qo'llab-quvvatlashga ilhomlantira olishimizni ko'rsatadi.Bizning kontentimiz, platformalarimiz rivojlanishi va barcha innovatsiyalarga qaramay, biz qilayotgan har bir ishning markaziga doimo «Bavariya» DNKsini qo'yishimiz — ushbu muvaffaqiyatning asosiy omillaridir».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!