Benjamin Pavar: «Inter»ga qaytganimdan juda xursandman»
Internazionale Milano ↗ ●●●●● Matbuot 👁 17

Benjamin Pavar: «Inter»ga qaytganimdan juda xursandman»

Benjamin Pavar: «Men juda xursandman. Ayniqsa, «San-Siro»ga qaytganimda etim jimirlab ketdi. Qaytganimdan, jamoadoshlarimni, ushbu stadionni va muxlislarni yana ko'rganimdan chin dildan xursandman. Ham shaxsiy darajada, ham jamoa bilan birgalikda ajoyib mavsum o'tkazishga umid qilaman.

«Hatto «Marsel»da bo'lganimda ham, imkon tugilishi bilan «Inter» o'yinlarini kuzatib bordim. Yakunda ular Skudettoni yutganidan juda xursand bo'ldim. To'g'rirog'i, biz yutdik, chunki ketishimdan oldin bitta o'yinda maydonga tushgandim. Shuningdek, Kubokdagi g'alabadan ham juda mamnunman. Men ushbu libos, murabbiy, jamoa va muxlislar uchun borimni berishga qaytdim.
O'zgarishlarmi? Men unchalik o'zgarganim yo'q. Endi qizim bor — balki bu meni biroz o'zgartirgandir. O'tgan yili sodir bo'lgan barcha narsa o'tmishda qoldi. Men qaytdim va borimni berishga tayyorman. Men murabbiy va jamoa ixtiyoridaman. Agar murabbiy meni qanotga qo'yishga qaror qilsa, 100 foiz kuchimni beraman. Odatda men chuqurroq pozitsiyada o'ynayman, lekin o'tmishda lateral sifatida ham harakat qilganman».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!