Bruno Fernandes: Harri Maguayr sardorlik bog'ichini menga topshirganida juda olijanoblik ko'rsatdi
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 30

Bruno Fernandes: Harri Maguayr sardorlik bog'ichini menga topshirganida juda olijanoblik ko'rsatdi

🗣 Bruno Fernandesh:

«Men Harri Maguayr sardorlik bog'ichidan mahrum bo'lganida menga aytgan so'zlarini hanuzgacha eslayman.

U taxminan shunday degandi: „Agar sardorlikni kimdir olishi kerak bo'lsa, buni sen olganingdan xursandman, chunki sen bunga loyiqsan.

O'ylaymanki, sen biz uchun ajoyib sardor bo'lasan“.

Aynan o'shanda tushundim: endi haqiqatan ham sardor sifatida oldinga qarab harakat qilishim kerak. Lekin shu bilan birga, Harrining yonimda yetakchi bo'lib qolishini istardim, chunki u ushbu klub sardori uchun kerakli barcha fazilatlarga ega. Shunchaki, boshqa bir inson sardorni almashtirish kerak deb qaror qildi.

U doimo meni juda qo'llab-quvvatlagan va o'ylaymanki, aynan shu narsa sardor sifatida o'sishimga va yaxshiroq bo'lishimga ko'p jihatdan yordam berdi».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!