Bruno Fernandes: "O'yin boshida gol o'tkazib yuborish bizga ta'sir qildi"
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 27

Bruno Fernandes: "O'yin boshida gol o'tkazib yuborish bizga ta'sir qildi"

🗣️ Brunu Fernandesh o'yindan so'ng:

«Qachonki o'yin boshida gol o'tkazib yuborsangiz, darhol biror bir noumidlik kayfiyati paydo bo'ladi. Keyin esa bundan chiqib ketish, dadil o'ynashga harakat qilish, to'pni nazorat qilish va vaziyatlar yaratish qiyinlashadi.

Personal o'ynamaslik – bu murabbiylar shtabining qarori edi. Biz ba'zida bo'shliqni berib, raqibning o'zi oldinga chiqishini kutishimiz kerak edi. Ammo ba'zida shunday jamoalarga erkin zonalar bersangiz, ular faqat o'ziga bo'lgan ishonchni orttirib olishadi.

Noto'g'ri taktikami? Buni murabbiy va uning shtabi hal qiladi, men emas.

Ba'zida dadilroq bo'lish kerak – tavakkal qilish, yuqori pressingga o'tish va raqibni yopish lozim. Siz ularning qanday o'ynaganini ko'rdingiz: ularning markaziy himoyachisi to'g'ridan-to'g'ri ortimdan chiqib kelayotgandi. Biz butun jamoa bo'lib xuddi shunday qilishimiz kerak edi, ammo bizda bu narsa o'xshamadi».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!