🎙️ Bruno Jenezyo kechagi o'yindan so'ng:
Menimcha, biz birinchi bo'limni juda sust o'tkazdik, bu yevrokubok o'yiniga umuman mos emas edi. Biz asosiy komponent intensivlik bo'lishi kerakligini bilamiz, ammo bu borada biz shunchaki mavjud emasdik. Tanaffusdan keyin tashabbuskorroq harakat qildik, biroq juda ko'p aniq vaziyatlar yarata olmadik.
Tanlovimga kelsak, takrorlayman: tarkibimizda yigirmaga yaqin o'yinchi bor, o'yinlar ketma-ket kelyapti, ba'zi futbolchilarni asrash kerak, masalan, jarohatdan endi qaytgan Nnadi, shuningdek, boshqa omillarni ham hisobga olish lozim. Bundan tashqari, yoshlarga o'zini ko'rsatish imkoniyatini berish kerak. Har doim nimadandir afsuslanish mumkin, lekin men afsuslanmayman. Men o'z tanlovimni qildim va buning uchun javob berishga tayyorman.
— Nima uchun jamoangizda barqarorlik yo'q?
Biz hali yetarlicha ish qilmayapmiz, bizga barqarorlik va izchillik yetishmayapti. Kamtarlikni namoyon etish kerak. Futbolda tasodiflar bo'lmaydi: agar biz har o'yinda turlicha natija qayd etayotgan bo'lsak, buning o'z sabablari bor... Biz o'zimizga tanqidiy baho berishimiz va hozirgidan tezroq o'sishimiz kerak.
— Bu mavsumda jamoangizdan bunchalik hafsalangiz pir bo'lganini kamdan-kam ko'rdik?
Ha, birinchi bo'limda jamoamdan hech qachon bunchalik hafsalam pir bo'lmagandi. Biz bu o'yinga yevrokubok bahsi sifatida yondashmadik. O'z o'yinimizni o'tkazish va yakkakurashlarda ustunlik qilish uchun bizga kerakli kayfiyat yetishmadi. Ha, birinchi bo'limdagi o'yindan juda xafaman.
— Ba'zi futbolchilarning o'yinidan ko'nglingiz to'lmadimi?
Afsus, o'yin vaqti kam bo'lganda, bugungidek muhim o'yinlarda bosim ostida qolish oson emasligini tushunaman. Jamoamning chiqishidan hafsalam pir bo'ldi, "Anje" va "Olimpiakos"ga qarshi o'yinlardan keyin ko'proq narsani kutgandim. Xatolar bo'lishi mumkin, masalan, Kamissoko misolida — bu futbolning bir qismi, o'quv jarayoni... Ammo bizning kayfiyatimizdan ko'nglim to'lmadi: bizni barcha yakkakurashlarda ortda qoldirishdi, barcha muhim pallalarda raqib ustun keldi. Yevrokuboklarda esa o'yinda qolish uchun birinchi navbatda shu jihatda yuqori saviyada bo'lish kerak.
— Guruhdan chiqishga hali ham ishonasizmi?
Hali kichik imkoniyat bor va biz undan to'liq foydalanishimiz kerak. Dastlabki ikki mavsumda 10 ochko bilan guruhdan chiqish mumkinligini ko'rganmiz, oldinda esa yana 15 ochko bor. Guruhdan chiqishni tasavvur qilish qiyin, ammo biz bunga ishonamiz va imkoniyatimizdan maksimal darajada foydalanamiz.
— Boshlang'ich tarkibingiz turnirga qiziqish pastligini ko'rsatib turibdi...
Agar men avvalgi klublarimda, jumladan Chempionlar ligasida qanday yo'l tutganimga qarasangiz, tarkibda juda tez-tez to'rt-beshta o'zgarish bo'lgan. Har uch kunda o'yin o'tkazib bo'lmaydi. Shuningdek, jarohatdan tiklanayotganlar bor, boshqalarning sog'lig'ida muammolar bor va ular 90 daqiqa o'ynay olishmaydi. Yoshlarga ham o'yin vaqti kerak, chunki ular kelajakda bizga kerak bo'ladi va tajribasiz qiyinroq bo'ladi. Ularning o'yinidan qoniqdim, asosiy tarkibda tushgan uch nafar yosh futbolchining o'yini, ba'zi kamchiliklarga qaramay, meni qoniqtirdi. Ularning kayfiyati to'g'ri edi.
— Nima uchun jamoangizda barqarorlik yo'q?
Biz hali yetarlicha ish qilmayapmiz, bizga barqarorlik va izchillik yetishmayapti. Kamtarlikni namoyon etish kerak. Futbolda tasodiflar bo'lmaydi: agar biz har o'yinda turlicha natija qayd etayotgan bo'lsak, buning o'z sabablari bor... Biz o'zimizga tanqidiy baho berishimiz va hozirgidan tezroq o'sishimiz kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!