🗣️ Brunu Fernandesh – Ule Gunnar Sulsher bilan bo'lgan aloqasi va Norvegiya bilan uchrashuv oldidan muloqoti haqida:
«Shubhasiz, Ule faoliyatimda juda katta rol o'ynagan. Uning sharofati bilan men sayyoramizning eng yirik klublaridan birining sharafini himoya qilish imkoniga ega bo'ldim va uning qo'l ostida zavq bilan ishladim.
Bo'lajak uchrashuv haqida gaplashmadik. Ba'zida shunchaki aloqada bo'lib turamiz va futbol haqida suhbatlashamiz.
Umid qilamanki, ertaga o'yin yakunlangach, unga o'zim uchun yoqimli, lekin u uchun unchalik yoqimli bo'lmagan narsalarni yozishga imkoniyatim bo'ladi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!