Cesc Fabregas: «Bugun istalgan narsa haqida gapirish mumkin, ammo «Inter» bizdan sezilarli darajada kuchliroq edi. Ular yuqoriroq saviyada ekanliklarini ko'rsatishdi va biz buni tan olishimiz kerak.
Namuna uchun aytadigan bo'lsak, biz bu mag'lubiyatni qabul qilishimiz, o'yinni xotirjam tahlil qilishimiz va rivojlanish ustida ishlashda davom etishimiz kerak. Biz uchun hech narsa o'zgarmaydi: bu bor-yo'g'i uch ochko. Hozir farq besh yoki yetti ochko bo'lishi mumkin — buning prinsipial ahamiyati yo'q.
O'tgan mavsumda biz biror marta kuchli to'rtlikka kirmagan bo'lsak-da, yakunda baribir u yerga yetib bordik. Bugungi o'yingacha biz ketma-ket oltita g'alabaga erishgandik. Umid qilamanki, bir kun kelib «Inter»ni mag'lub etish imkoniyatiga ega bo'lamiz».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!