🎙️ Corentin Tolisso:
O'ylaymanki, mavsum boshlanishi men uchun unchalik yaxshi chiqmadi. Ammo men o'z harakatlarini ko'p tahlil qiladigan insonman. O'zimga baho bera olaman va mavsum boshidagi o'yinim so'nggi ikki mavsumda ko'rsatgan darajamga mos emas deb hisoblayman. Ishoning, bu meni juda xavotirga soldi. Bu haqda ko'plab insonlar bilan gaplashdim: psixologim, do'stlarim bilan...
Burilish nuqtasi? Avvalo, yomon o'ynayotganimni bilardim, shuning uchun qaysidir pallada ko'proq mehnat qilish kerak edi. Ko'proq ishlashdan boshqa yo'l yo'q edi. Shu hafta juda ko'p ishladim... Endi hammasi joyida deb aytmayman. Albatta, bugun erishgan natijamdan xursandman, lekin bugungi o'yinga, mashg'ulotlarda qilgan ishlarimga va qo'shimcha mehnatimga tayanishim kerak. Chunki ruhiy jihatdan doim maksimal darajadaman, doim bor kuchim bilan harakat qilaman, klubim uchun gol urishni va samarali bo'lishni istayman.
Mavsum boshida o'yinim qovushmagani, hatto undan ham yomoni: o'yinda ko'p to'p yo'qotayotganim... Bugun maydonga imkon qadar sodda o'ynash fikri bilan tushdim: qabul qilib ol — pas ber, murakkablashtirma, sheriklarim uchun bo'shliqlar yaratish va raqib himoyasini yoyish uchun ko'proq yugurishga harakat qildim.
Murabbiy menga ishonishini bilaman va bu menga foyda berdi. Rostini aytsam, bugun jamoaga foyda keltirganimdan va samarali harakatlarda bevosita ishtirok etganimdan juda xursandman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!