«Kristal Pelas» sport maydonchasi bo'yicha HSBC bilan shartnoma almashdi. «Beckenham Sports Ground» bitimini yakunlash kelasi yilga mo'ljallangan. 👀
Klub bank obyektni sotuvga qo'yishi bilan unga darhol qiziqish bildirdi. 27 akr (taxminan 11 gektar) maydon «Kristal Pelas» akademiyasi majmuasiga tutash va asosiy jamoaning «Copers Cope Road»dagi mashg'ulot bazasi ro'parasida joylashgan. 🪴
Rasman summa oshkor qilinmagan, biroq ekspertlar ushbu uchastkaning bozor qiymatini 20 million funtdan 40 million funtgacha baholamoqda. Muxlislar orasidagi mish-mishlarga ko'ra, «Pelas»ga «Surrey» kriket klubining taklifini ortda qoldirishga to'g'ri kelgan. 💷
Ushbu hududda hozirda kriket va futbol maydonlari, shuningdek, sport pavilyoni joylashgan. Tarixan yer bir asr davomida HSBC bankiga (va uning o'tmishdoshi Midland Bank'ga) tegishli bo'lgan. 🧐
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!