Crystal Palace'dagi inqiroz: muxlislar xavotirda
Crystal Palace FC ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 22

Crystal Palace'dagi inqiroz: muxlislar xavotirda

😔 «CPFC.discover» talqiniga ko'ra, hozirda «Kristal Pelas»da muxlislarni xavotirga solayotgan ulkan muammolar mavjud:

• Pyer Saj yozda rahbariyatdan yetarlicha qo'llab-quvvatlov olmadi va o'zida hech qanday moslashuvchanlik ko'rsatmayapti. ❌

U o'zi ko'rmoqchi bo'lgan o'yin uslubida qat'iy turib olgan, garchi bu Premer-ligada qo'l ostidagi o'yinchilar bilan umuman ish bermayotgan bo'lsa ham. 🤷‍♂️

Premer-ligada 21 ta gol o'tkazib yuborish va so'nggi uch turda 9 ta gol qabul qilish – bu ligadan chiqib ketayotgan jamoaning holati. ⏬

• Mett Xobbs umuman hech narsani tushunmayapti. Yozgi muvaffaqiyatsiz transferlar – natijalarimiz yo'qligining asosiy sababi. Biz o'tgan yoz va qishda jamoani tark etgan o'yinchilarning o'rnini to'ldira olmadik. 🤪

18 yoshli Xonest Axanorning taklif etilishi, Aksel Disasi va lazaretga mixlanib qolgan Takehiro Tomiyasuning olib kelinishi – bu katta qadam orqaga. ⏪

• «Selxerst Park» stadionidagi muhit sezilarli darajada yomonlashdi, ayniqsa HF [Holmesdale Fanatics] guruhi tarqalib ketganidan keyin. 👎

O'yinlar oldidan yangraydigan baland musiqa, futbolchilar maydonga tushayotganda bayroqlar bilan olqishlash, mushakbozliklar. Bularning barchasi endi yo'q. 😕

Biz, muxlislar, yaxshiroq natijaga loyiqmiz. ‼️

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!