TEAMtalk xabariga ko'ra, Daniel Farke «Lids» bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.
Nemis murabbiyi uchun hamkorlikni davom ettirishda yozgi transfer oynasi hal qiluvchi pallaga aylandi. Uning talablari inobatga olindi va klub aynan u istagan futbolchilarni tarkibga qo'shib oldi.
«Elland Roud»da esa Farke ishidan mamnunlar va uni kelajakdagi rejalar uchun asosiy figura deb hisoblashadi.
Hozirda tomonlar yangi bitimning so'nggi detallarini kelishib olishmoqda. Tez orada Daniel Farke bilan shartnoma uzaytirilgani haqida rasmiy e'lon kutilmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!