Daniel Farke: «Manchester Yunayted»ni autsayder deb bo'lmaydi»
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 24

Daniel Farke: «Manchester Yunayted»ni autsayder deb bo'lmaydi»

🗣️ Daniel Farke:

«Mani «Lids»ni «Manchester Yunayted» bilan uchrashuvda favorit deb hisoblash mumkinmi? Men bunday xulosaga kelmagan bo'lardim. Albatta, chetdan qaraganda shunday taassurot uyg'onishi mumkinligini tushunaman, chunki biz mavsumni haqiqatan ham ajoyib boshladik va yaxshi natijalar ko'rsatyapmiz.
Biroq, har ikki jamoa tarkibini, futbolchilarning tajribasini va ularning Premer-ligada o'tkazgan yillar sonini solishtirishning o'zi kifoya: «Manchester Yunayted»ni biz bilan qarama-qarshilikda autsayder deb bo'lmaydi. Agar ularning o'yinchilari umumiy qiymati, individual mahorati va tarkib sifatini hisobga olsak, qarshimizda hamon juda kuchli va xavfli raqib turgani ayon bo'ladi.
Qolaversa, mening nazarimda, «Yunayted» muvaffaqiyatsiz natijalar seriyasi va bir nechta g'alabasiz o'yinlardan so'ng maydonga tushganda yanada katta xavf tug'diradi. Bunday vaziyatda jamoa vaziyatni o'nglashga va o'z kuchini isbotlashga alohida motivatsiya oladi.
Men bu klubga katta hurmat bilan qarayman va bizni qanchalik qiyin sinov kutayotganini juda yaxshi tushunaman. Shu bois, biz eng yaxshi futbolimizni namoyish etishimiz va bor kuchimizni berishimiz talab etiladi».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!