Paka hech kim mening kabinetimga jamoani tark etish iltimosi bilan kelgani yo'q. Qolaversa, tarkibimizni keng deb bo'lmaydi. Shuning uchun mavsum boshiga qanday holatda yetib kelishimizni kuzatamiz.
Ehtimol, dastlabki o'yinlardan keyin kimdir o'yin vaqtidan norozi bo'lishi va eshigimni taqillatishi ehtimoli ortishi mumkin. Ammo hozircha barcha yigitlar a'lo kayfiyatda va hammasidan mamnun.
Men o'z futbolchilarimni cheksiz hurmat qilaman va ular biz bilan ekanligidan xursandman. Jamoaning har bir a'zosi mening e'tiborim va o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega. Bugun maydonga ko'plab yoshlar tushdi. 17 yoshli yigitlar Chempionlar ligasi jamoasiga qarshi o'ynashdi.
Meni hozirgi tarkibdagi har bir futbolchi qoniqtiradi. Bizga ko'proq yangi o'yinchilar kerak. Mavsum davomida akademiya tarbiyalanuvchisi bo'lgan 17 yoshli yigitlarga umid bog'lay olmaymiz.
Shu bois, tarkibdan ketishlar bo'yicha katta faollik kutmayapman. Garchi hech narsani istisno qilmasam ham.
Daniel Farke.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!