Menga Jeyms Traffordni maqtash biroz jonimga tegdi. Oxirgi 237 ta matbuot anjumanida faqat shu ish bilan band edim. Endi uni butun mamlakat maqtamoqda.
Agar rostini aytsam, darvozabonim top-o'yinlar ko'rsata olishi barcha uchun kutilmagan hol bo'lganidan hayratdaman. U aynan seyvlar amalga oshirish uchun qo'lqop kiyadi. Butun Angliya maqtovlar yog'dirayotgan bir paytda, men o'z maqtovlarimni tiyib turaman. Jeyms terma jamoa safida ajoyib o'yin o'tkazgani bu — odatiy hol.
Hozir u jamoamizga qaytdi. Hamma unga ta'riflar keltira boshlaganidan beri, mendan faqat tanbeh eshitmoqda. U hali yosh va biz uning kamtar bo'lib qolishini hamda burnini ko'tarmasligini nazorat qilib boryapmiz.
Leeds United darvozaboni bo'lish uchun o'zgacha aql va xarakter kerak. Bu katta klub va unga doimo katta e'tibor qaratilgan. Darvozabonlarga har doim bosim bo'ladi, ammo Leeds'da bu bosim o'zgacha.
Trafford bu bosimni yengib, yuqori saviyadagi o'yinni namoyish etmoqda. Ammo uning o'sishi uchun hali joy bor va barqarorlikni saqlab qolish muhim. 10 ta turdan keyin maqtovlar yog'dirishga hali erta.
Daniel Farke
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!