🚨David Neresda navbatdagi jarohat
🔊Klub bayonotida shunday deyilgan:
David Neres "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda mushak tortishishi jarohatini oldi. "Adzurri" futbolchisi Pineta-Grande klinikasida instrumental tekshiruvdan o'tdi va bu o'ng oyoq yarim payli mushagining shikastlanganini ko'rsatdi. Neres reabilitatsiya jarayonini boshlab yubordi.
🩺Neapolitanlik jurnalist Alessandro Sepe yozishicha, bunday turdagi jarohatlarda tiklanish uchun taxminan 15-20 kun vaqt ketadi. Asoratlar kuzatilmasa, futbolchi noyabr oyi boshida murabbiylar shtabi ixtiyoriga qaytishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!