Dejan Kulusevski 2025-yilning may oyida «Kristal Pelas»ga qarshi uy uchrashuvida olgan jarohati va 526 kunni o'tkazib yuborishiga sabab bo'lgan holat haqida so'zlab berdi:
«Men o'sha o'yinni eslayman. Mashg'ulotlar a'lo darajada o'tgandi, ammo taxminan 10-daqiqada zarba qabul qilib oldim.
Og'riq bor edi, lekin unchalik kuchli emasdi — bundan ham yomonroq holatlar bo'lgan. Tizzam go'yo bo'shashib qolgandek, juda tez harakatlanayotgandek tuyuldi.
Men tog'ayni shikastladim, uning bir qismi uzilib, tizzaning boshqa qismiga o'tib ketgan. Tog'ayni tiklab bo'lmaydi, shuning uchun shifokorlar suratlarda tog'ayning bir qismi shunchaki yo'qligini ko'rishdi».
Dejan Kulusevski Bilbaodagi Yevropa Ligasi finali va g'alaba paradini hayotidagi eng og'ir kunlardan biri deb atadi:
«O'ylayman-ki, bu hayotimdagi eng og'ir kunlardan biri edi. Hamma xursand bo'layotganini ko'rish juda yoqimli edi, ammo menga juda qiyin bo'ldi: men u yerga qo'ltiqtayoqda kelgandim, yura olmasdim. Hatto medalimni ham ololmadim, chunki u narsaga (podiumga) chiqish juda sirpanchiq edi.
Bunday lahzalar yoqimsiz, ammo men buni qabul qildim. Jamoa avtobusda bayram qilayotganini ko'rganimda, bu butun yo'lning eng qiyin qismi bo'lgan bo'lsa kerak, chunki bunday paytlarda o'zingni juda yolg'iz his qilasan».
Dejan Kulusevski jarohatdan so'ng futbolga qaytishiga ishonchi qolmagani haqida onasiga aytganini tan oldi:
«Men onam bilan o'tirib, unga shunday dedim: «Eshit, shekilli, hech narsa chiqmaydi».
Men uni tayyorlab qo'yishim kerak edi — men boshqa o'ynay olmasligimni o'ylagandim».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!