Denzel Dyumfris: "Eng yoqimli xotira? Men birinchi Skudettoni aytgan bo'lardim. Oxirgisi ham o'zgacha edi, lekin birinchisi shunchaki aqlbovar qilmas darajada bo'lgan. Ikkinchi Skudetto tarixda abadiy qoladi. Va, albatta, oxirgi Skudetto ham katta syurpriz bo'ldi. Hamma "Inter" o'yinlarini tomosha qilib, nima bo'lishini kutardi. Kivu bilan oltin dublga erishish fantastik natija edi.
"Mening "Roma" darvozasiga urgan ilk golim ko'p narsani o'zgartirdi. Muxlislar bilan munosabatlarni qurish kerak. "Inter"da tarixning eng yaxshi o'yinchilari to'p surgan, shuning uchun muxlislar juda talabchan. Ular maydonda juda ko'p sifatli futbolchilarni ko'rishgan. Ularning istaklariga hurmat bilan qarash kerak. Yakunda biz bir-birimiz bilan bog'liqlikni topdik va birgalikda ko'p narsaga erishdik".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!