Diego Simeone Chempionlar ligasida 14-mavsumini boshlamoqda
Atléti Zone ↗ ●●●●● Umumiy 👁 13

Diego Simeone Chempionlar ligasida 14-mavsumini boshlamoqda

😓 «Atletiko Madrid» Diego Simeone qo'l ostida Chempionlar ligasidagi ketma-ket 14-mavsumini boshlamoqda — bu natijani shu davr mobaynida faqat «Real Madrid», «Barselona», «Bavariya», «Manchester Siti» va «PSJ» takrorlay olgan.

Shu vaqt ichida klub 131 ta o'yinda 65 ta g'alabaga erishdi.

🏟️ «Visente Kalderon» stadionida: 18 ta g'alaba, 4 ta durang va atigi 1 ta mag'lubiyat, u ham guruh bosqichida qayd etilgan.

🏟️ «Metropolitano» stadionida: 24 ta g'alaba, 9 ta durang va atigi 4 ta mag'lubiyat, ulardan faqat bittasi pley-off bosqichiga to'g'ri keladi.

Bu mavsum finali «Metropolitano»da bo'lib o'tadi, ammo har doimgidek: Partido a Partido.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!