Diego Simeone «Sevilya»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi:
«Kuti Romero? Uning eng yaxshi sport formasiga qaytishi uchun vaqt kerak. U o'zini tayyor his qilmaguncha va biz bunga ishonch hosil qilmagunimizcha shoshilmaymiz».
«Xulian Alvares? Shubhasiz, u ertaga maydonda bo'lmaydi. Ko'pchilik aynan u haqida so'rashini tushunib turibman. Klub vaziyat bo'yicha hammasini aniq tushuntirib berdi. Mening maqsadim o'zgarmagan — unga jamoamiz uchun muhim o'yinchi bo'lishida yordam berish».
«Xulian mashg'ulotlarga qaytgach, u o'zini har doimgidek muhim his qilishi uchun qo'limdan kelganini qilaman».
Savol: «Cholo, shaxsan o'zingizning ahvolingiz qanday?» — Diego Simeone: «Hatto 800 ta o'yin o'tkazganim bilan tabriklashni ham unutdingiz (kuladi)! Yo'q, rostini aytsam, hammasi yaxshi. Men baxtliman va so'nggi 15 yil davomida bo'lishni istagan joyimdaman, bu joy menga hamma narsani berdi. Klubdan, odamlardan, murabbiylar shtabidan va biz qoldirayotgan merosdan minnatdorman. Musobaqalarni intiqlik bilan kutyapman».
Savol: «Siz yaqinda jamoaga yaxshi, muhim hujumchilar kerakligini aytdingiz. Cholo uchun «muhim hujumchi» qanday sifatlarga ega bo'lishi kerak?» — Diego Simeone: «Xulian Alvares va Syorlot».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!