Diego Simeone: Xose Mariya Ximenes klub tarixidagi eng muhim himoyachilardan biri
Atléti Zone ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 25

Diego Simeone: Xose Mariya Ximenes klub tarixidagi eng muhim himoyachilardan biri

💙 Diego Simeone Xosema Ximenes haqida iliq fikrlar bildirdi.

Jurnalist: «Xose Mariya Ximenes «Atletiko»da 10 yildan ortiq vaqt o'tkazdi, sardorlik bog'ichini taqdi va sovrinlar yutdi.

Ertaga uni «Metropolitano» maydonida, lekin bu safar raqib sifatida, boshqa libosda ko'rib, o'zingizni qanday his qilasiz?»

Diego Simeone: «Avvalo, men ertaga raqib bo'ladigan futbolchini, menga yordam bergan, meni qo'llab-quvvatlagan hamda jamoamizga qo'shgan ulkan hissasi orqali kiyinish xonasida yonimda bo'lgan inson va erkakdan ajrata olmayman.

Men Xosedan chin dildan va mutlaqo minnatdorman.

Shubham yo'qki, u men bu yerda bo'lgan vaqtdan beri klubda bo'lgan eng muhim markaziy himoyachilardan biri edi va shunday bo'lib qolmoqda.

Men unga doimo eng yaxshi tilaklarni tilayman. Biz uni juda yaxshi ko'ramiz va u buni biladi».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!