Diego Simeone: Xulian Alvares haqida gaplashib bo'ldik
Атлетико Мадрид ↗ ●●●●● Matbuot 👁 19

Diego Simeone: Xulian Alvares haqida gaplashib bo'ldik

🗣 Diego Simeone o'yindan keyingi matbuot anjumanida:

Rostini aytsam, Xulian bilan bog'liq barcha savollarga javob bermayman. Agar o'yin bilan bog'liq nimanidir so'ramoqchi bo'lsangiz, marhamat. Kechirasiz, sizlarning izoh olish istagingizni tushunaman. Ammo menimcha, biz u haqida yetarlicha gaplashib bo'ldik va agar xohlasangiz, o'yinda nimalar yuz bergani haqida gaplashishimiz mumkin.

Menga klub futbolchining jamoadoshlari bilan birga muxlislarni qutlashga chiqmasligiga qaror qilganini aytishdi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!