❓ Savol: «Xulian Alvaresga ishonch yetishmayaptimi?»
🎙 Diyego Simeone: «U ajoyib o'yinchi. Biz uni juda yaxshi ko'ramiz va unga muhtojmiz.
Bizga Xulian o'zining eng yaxshi sport formasida kerak va biz u bilan ishlaymiz.
Jamoaning beshta yaxshi golli vaziyatidan uchtasida yoki to'rttasida u ishtirok etdi.
Faqatgina gol yetishmadi, u o'yinini yangi bosqichga olib chiqqan bo'lardi, ammo bu albatta keladi.
Undan yana nima talab qilishimiz mumkin? Barchamiz bu gol urilishini istadik, ammo biz uni kutamiz.
U bizga kerak, chunki agar biz ko'zlagan maqsadlarimizga erishmoqchi bo'lsak, u bizga kerak. Aks holda biz u yerga yetib bora olmaymiz».
Men uning tanasining ichida emasman, shuning uchun bu haqiqatan ham ishonch yetishmasligimi bilmayman, ammo bizning unga bo'lgan ishonchimiz so'nmas».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!