Diego Simeone: Xulian Alvaresning muxlislar oldiga chiqmasligi klub qarori edi
Barca Family News ↗ ●●●●● Matbuot 👁 15

Diego Simeone: Xulian Alvaresning muxlislar oldiga chiqmasligi klub qarori edi

Diego Simeone Xulian Alvaresning o'yin yakunida jamoa bilan birga muxlislar oldiga chiqmagani haqida izoh berdi:

Diego Simeone: «Klubdagilar menga Xulian jamoadoshlari bilan birga muxlislar bilan salomlashish uchun chiqmasligi kerakligini aytishdi. Bu qaror Xulian Alvaresning o'zi tomonidan emas, aynan klub tomonidan qabul qilingan. Uni to'g'ridan-to'g'ri kiyinish xonasiga olib kirib ketishdi. Rostini aytsam, Xulian haqidagi barcha savollarga javob bermoqchi emasman. Agar o'yin haqida biror narsa so'ramoqchi bo'lsangiz, marhamat. Kechirasiz, sizlarning shov-shuvli gaplar tarqatishga bo'lgan intilishlaringizni tushunaman, lekin o'ylayman-ki, biz u haqida yetarlicha gaplashib bo'ldik. Agar xohlasangiz, keling, o'yinda nimalar bo'lgani haqida gaplashamiz».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!