Diogo Kosta «Portu» safida 250 ta o'yin o'tkazdi 💙
«Aroka»ga qarshi bahs «Ajdarlar» sardori uchun «Portu» tarkibidagi 250-uchrashuv bo'ldi — bu portugaliyalik darvozabon faoliyatidagi muhim voqea.
26 yoshli Diogo Kosta o'zining dastlabki 250 o'yinida 112 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. U ushbu bahslarda 173 g'alaba, 37 durang va 40 mag'lubiyat qayd etgan. Shuningdek, u uch karra Portugaliya chempioni, uch karra Portugaliya Kubogi va uch karra Kandi du Oliveyra Superkubogi sohibiga aylangan.
«Portu» darvozaboni «Nasional» (ikki marta), «Jil Visente», «Bayer» (ikki marta), «Bryugge», «Vitoriya» Gimarayesh, «Famalikau» va «Sporting»ga qarshi o'yinlarda jami 31 ta penaltini bartaraf etgan.
«Portu» safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar ro'yxatida hali ham Joau Pintu (587 o'yin) yetakchilik qilmoqda. Darvozabonlar orasida esa Diogo Kostadan (250) oldinda faqat Vitor Baya (567), Elton (334), Barrigana (297) va Ameriku (257) bor.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!