Diuf o'zining maydondagi pozitsiyasi haqida fikr bildirdi
Internazionale Milano ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 11

Diuf o'zining maydondagi pozitsiyasi haqida fikr bildirdi

Diuf L'Equipe nashriga bergan intervyusida shunday dedi:

Men o'zimni na qanot himoyachisi, na lateral deb his qilaman. Mening maqsadim — maydon markaziga qaytish, chunki aynan o'sha yerda meni tarbiyalashgan va o'sha yerda o'z o'yinimni topaman. Men hamon markaziy yarim himoyada yaxshiroq o'ynashimga ishonchim komil. Ammo aynan qanotda o'yin vaqti olib, «Inter»da o'rnashib qolish imkonim bo'lsa, buni muammosiz bajaraman. To'p sizda bo'lganda vinger kabi harakat qilasiz, lekin to'psiz holatda chuqur himoyaga o'tishga to'g'ri keladi. O'yin oxiriga kelib esa butunlay holdan toyasiz.

⚫️🔵

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!