⚽ Dmitriy Barinovning o'ng tizzasidagi oldingi xochsimon bog'lami qisman uzilgan va yon bog'lamlari jiddiy shikastlangan: yaqin kunlarda takroriy MRT tekshiruvi o'tkaziladi (hozircha shish tashxis qo'yishga xalaqit bermoqda).
Karp xabariga ko'ra, Dmitriyga operatsiya o'tkazilishi ehtimoli yuqori, ammo bu 100 foiz aniq emas: konservativ davolash (operatsiyasiz) usulida tiklanish muddati 3-4 oyni tashkil etadi. Agar operatsiya zarur bo'lsa, bu muddat 6-8 oygacha cho'zilishi mumkin.
Bundan roppa-rosa 6 yil avval Barinov aynan shu oyog'idagi xochsimon bog'lamlarini uzib olgan va safga qaytishga muvaffaq bo'lgandi. Hozircha u safdan chiqqan, CSKA esa o'rinbosar qidirishi mumkin. «Lokomotiv» esa Titkov masalasida tezroq harakat qilishi kerak, aks holda «armiyachilar» uni ilib ketishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!