Donni, to'rtta gol urgan o'yiningizdan keyin qanday his-tuyg'ularni boshdan kechirmoqdasiz?
Ajoyib tuyg'u. O'yin oson kechmadi, ayniqsa hisob 1:1 bo'lganida, keyin nima bo'lishini hech qachon bilmaysiz. Biz juda xursandmiz.
Terma jamoada ham tabassumingiz qaytdi. Jahon chempionatidan keyin unchalik omadli bo'lmagan davrni boshdan kechirgandingiz. Hozir «Roma»da ajoyib damlarni o'tkazmoqdasiz. Nimalar o'zgardi? Psixologik jihatdan qanday ishlar qildingiz va bu borada siz uchun eng muhim inson kim bo'ldi?
Men hech qanday maxsus psixologik ish olib borganim yo'q. Bu futbol: ba'zida yaxshi davrlarni boshdan kechirasiz, ba'zida esa unchalik omadli bo'lmaganlarini. Men terma jamoa uchun ham juda xursandman, u bilan bitta ajoyib va bitta salbiy natijaga erishdik. Ammo hozir men shu yerdaman, «Roma»daman.
Uyga qaytganingizda bu to'plarni kimga berasiz? To'plar va sovrinlar uchun joy qoldimi? Balki farzandlaringizga sovg'a qilarsiz...
O'ylashimcha, bu to'pni farzandlarimdan biriga beraman, u doim juda xursand bo'ladi. Balki, ular bu borada talashib qolishar! Bu to'p sariq rangda, shu paytgacha menda faqat oqlari bo'lgan, shuning uchun bu yoqimli o'zgarish.
Agar «skudetto» desam, nima deb javob berasiz?
Biz o'yindan o'yinga qarab boryapmiz. Chempionat tugashiga hali ancha bor. Biz juda yaxshi o'ynayapmiz va shu ruhda davom etishimiz kerak.
Bugun to'rtta gol urib, fentezi-futbol ishtirokchilariga ajoyib sovg'a qilganingiz uchun ularga salom yo'llang...
Sizga nima ham deya olaman? Agar meni tanlamoqchi bo'lsangiz — tanlayvering!
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!