Drezendan transferlar haqida: «Biz istalgan futbolchini sotib olishga qodirmiz»
Die Bayern ↗ ●●●●● Matbuot 👁 19

Drezendan transferlar haqida: «Biz istalgan futbolchini sotib olishga qodirmiz»

Drezendan «Bavariya» 100 million yevrodan ortiq mablag'ni bir futbolchi uchun sarflay olishi mumkinmi degan savolga javob:

«Bizda istalgan transferni amalga oshirish uchun yetarli moliyaviy qudrat bor. Ammo birinchidan, qimmat turadigan hamma narsa ham yaxshi degani emas. Ikkinchidan, futbolchi jamoamizga mos tushishi kerak. Shu bois aytamanki: biz istalgan futbolchini sotib olishga qodirmiz, lekin har kimni ham tarkibga qo'shib olishni istamaymiz.
Yangi futbolchi murabbiy va klub falsafasiga mos kelishi shart. Shunchaki shov-shuvli nomga ega bo'lishning o'zi hech narsani anglatmaydi. Futbol — bu jamoaviy sport turi».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!