📰 El Mundo (❓) | "Klasiko" vaqtida Eder Militaoning uyi o'g'irlab ketildi. Kamida ikki nafar o'g'ri himoyachining xonasiga kirib, taxminan 350 000 yevrolik buyumlarni o'g'irlab ketishdi. O'g'irlangan narsalar orasida Rolex va Richard Mille soatlari, uchta Chanel sumkasi, Cartier uzuklari va bilaguzuklari hamda boshqa qimmatbaho buyumlar bor.
O'sha vaqtda Militaoning oilasi uyning birinchi qavatida "Madrid"ning "Barselona"ga qarshi o'yinini tomosha qilayotgan edi. Ular politsiya kelib, voqea haqida xabar bermaguncha va uyni tekshirishni so'ramaguncha o'g'rilikdan bexabar bo'lishgan. Signalizatsiya ishlamagan, chunki u faqat uyqu oldidan yoqiladigan bo'lgan.
Braziliyalik futbolchi o'g'irlangan buyumlarni qidirish va qaytarish bilan shug'ullanadigan mutaxassisni yolladi, chunki ularning ko'pchiligi futbolchi uchun alohida hissiy qimmatga ega.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!