"Roma" "Barselona"ning transferga qo'yilgan va qanotlarda o'ynay oladigan himoyachisi Ektor Fort uchun taklif bilan chiqdi.
Sky Sport DE xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchiga "Real Sosedad" ham qiziqish bildirmoqda. Biroq futbolchining o'zi qaror qabul qilishga shoshilmayapti, chunki uning ustuvor varianti Dortmundning "Borussiya" klubi bo'lib qolmoqda. Nemis klubi "Barselona" bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib bormoqda va Fort Bundesligaga o'tish uchun transfer oynasi yopilgunga qadar kutishga tayyor.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!