Endrik «Milan»ga rad javobini bermagan! Fabrisio Romano barchasiga oydinlik kiritdi.
Fabrisio Romano braziliyalik hujumchi «rossoneri» taklifini rad etgani haqidagi mish-mishlarni inkor qildi.
🗣️ «Endrikning vakillari u 12-noyabr holatiga ko'ra «Milan»ga yoki umuman boshqa hech kimga «yo'q» demaganini ma'lum qilishdi. Barcha variantlar ochiq qolmoqda».
Matteo Morettoning so'zlariga ko'ra, «Roma» bir necha haftadan buyon faol aloqada va hozirgi vaqtda bu masalada «Milan»dan biroz oldinda bormoqda.
Ammo «rossoneri»da katta ustunlik bor: Jerri Kardinalening futbolchi manfaatlarini himoya qiluvchi ROC Nation agentligi bilan aloqalari juda yaxshi.
Dekabr oyida Endrik o'z kelajagi borasida yakuniy qarorga kelishi kerak. «Real»da o'yin amaliyoti kamligi sababli ijara varianti tobora realroq ko'rinmoqda.
Romano fikricha, braziliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib oladigan har qanday klub fantastik bitimga erishgan bo'ladi. 👀
Sizningcha, Endrik kimni tanlaydi — «Milan»nimi yoki «Roma»ni?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!