"Real"da yetarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan Endrik shu qishda yana ijaraga ketishi mumkin.
Cadena SER xabariga ko'ra, "Olimpik Lion" o'tgan mavsumda ijarada muvaffaqiyatli to'p surib, 21 ta o'yinda 8 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan braziliyalik hujumchini qaytarishdan juda manfaatdor.
Biroq futbolchi uchun raqobat jiddiy bo'lishi kutilmoqda. Xususan, uning uchun kurashda "Roma", "Milan" va eng avvalo, "Aston Villa" ishtirok etmoqda.
Yozda Endrikni qaytarish bo'yicha muvaffaqiyatsiz urinishdan so'ng, "Lion" qishda yana urinib ko'rishi kerakmi?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!