Endrik yanvarda ijaraga ketishi mumkin
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 16

Endrik yanvarda ijaraga ketishi mumkin

📰 Moretto (Marca jurnalisti): "Endrikning yanvar oyida ijaraga ketish ehtimolini 70 foizga baholayman. Garchi Mourinyu hujumchini "Madrid"da saqlab qolishni istayotganini bir necha bor ta'kidlagan bo'lsa-da, braziliyalik futbolchining o'zi doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish va rivojlanishni xohlamoqda.

Agar Endrik vaqtincha boshqa jamoaga o'tishga qaror qilsa, "qaymoqranglilar" rahbariyati uning istagiga qarshilik qilmaydi. Qanday bo'lmasin, 20 yoshli hujumchiga APLning bir nechta klublari, "Roma" va "Milan" qiziqish bildirmoqda.

Qayd etish joiz, joriy mavsumda Endrik 7 ta o'yinda (141 daqiqa) maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!