Enso Mareska: "Biz o'z shovqinimizni g'alabalar orqali yaratishimiz kerak"
Манчестер Сити ↗ ●●●●● Matbuot 👁 21

Enso Mareska: "Biz o'z shovqinimizni g'alabalar orqali yaratishimiz kerak"

🎤 Enso Mareska o'yindan so'ng:

«Biz shovqinga dosh berishni o'rganishimiz kerak, chunki bu shovqin, ehtimol, barcha safar o'yinlarimizda biz bilan birga bo'ladi.

Biz bunga bardosh berishimiz va o'z shovqinimizni yaratishimiz kerak. Bizning shovqinimiz esa - bu o'yinlarda g'alaba qozonish!

O'yin oxirida faqat muxlislarimizning ovozi eshitildi. Biz buni doimiy bo'lishini istaymiz.

Shubhasiz, bu jamoani jipslashtiradigan va bizga kuch bag'ishlaydigan narsa!

Men futboldan tashqaridagi narsalarni nazorat qila olmayman, shunday ekan, nega stressga tushishim kerak? Qolganlari mening qo'limda emas.

Biz shunchaki birgalikda oldinga intilishimiz va jamoa sifatida g'alaba qozonishimiz kerak»

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!