Erik Garsiya:
«Kecha jamoa uchun ajoyib kun bo'ldi. «Betis»ni o'z maydonida mag'lub etish har doim ham oson emas, shuning uchun bu uch ochko ayniqsa muhim.
Afsuski, futbol jarohatlarsiz bo'lmaydi. Endi men bir necha haftani o'tkazib yuborishimga to'g'ri keladi, aynan har kim o'ynashni orzu qiladigan o'yinlar yaqinlashib kelayotgan bir paytda.
Jamoaga yordam bera olmasligimdan xafaman va dilim xira. Ammo men imkon qadar tezroq qaytish uchun qo'limdan kelganini qilaman.
«Barselona» muxlislariga qo'llab-quvvatlaganlari uchun rahmat. Tez orada ko'rishguncha! Oldinga, «Barsa»!»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!