❓10 ta o'yinda 10 ta g'alaba. Siz hisobda ortda qolgan holda boshladingiz, ikkinchi golni ham o'tkazib yuborishingiz mumkin edi, ammo jamoa o'yinni o'zgartirish uchun yana xarakter ko'rsatdi. O'zingizni qanday his qilyapsiz, jamoani qanday ko'ryapsiz — siz shunchaki to'xtatib bo'lmas darajadasiz, shunday emasmi?
🗣 Erik Garsiya: «Hammasi juda yaxshi. O'ylaymanki, hisobda ortda qolganimizga qaramay, yaxshi birinchi taym o'tkazdik, garchi ba'zi uzatmalarda shoshilgan bo'lsak ham. Ammo hisoblaymanki, shunda ham yomon ko'rinmadik, ikkinchi taymning dastlabki 20 daqiqasi esa shunchaki ajoyib bo'ldi».
❓Bu o'yinga qadar Lemina tomonidan provokatsiya bo'lgandi, u Lamin kimligini bilmasligini aytgandi, endi esa u bilan aniq tanishib oldi. Laminni ranjitish — bu xavflimi?
🗣 Erik Garsiya: «Ha, o'ylaymanki, bunday o'yinchilarga tegish ba'zan haqiqatan ham xavfli. U nima deyilganini bilardi, shuning uchun buni yodida saqlab qolgandi, o'yin esa umuman olganda ajoyib chiqdi».
❓Siz «Barsa»ning 2022-yilda Yevropa ligasida butunlay boshqacha sharoitlarda «Galatasaroy» stadionida o'ynagan kam sonli futbolchilaridan birisiz. Hozir esa siz ajoyib formadasiz va ko'pchilik sizni UEFA Chempionlar ligasining asosiy favoritlari deb hisoblamoqda. Jamoa bosib o'tgan yo'ldan nimani ko'proq ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz? Hammasi qanday o'zgardi va nimaga erishishga muvaffaq bo'lindi...
🗣 Erik Garsiya: «Jamoa juda o'zgargan deb hisoblayman, bizda juda yaxshi o'yinchilar bor, biz kuchli o'sishga erishdik, bu juda muhim. Umid qilamanki, hammasi muvaffaqiyatli yakunlanadi, ayniqsa bu mavsum oxirida».
❓Oldinda juda qiyin o'yinlar turibdi. Mavsumdagi bu ajoyib startni uzil-kesil isbotlash vaqti kelmadimi?
🗣 Erik Garsiya: «Barcha o'yinlar muhim. Hozir bizni «Betis» kutmoqda — bu juda qiyin safar, stadioni bunisiga o'xshash, ajoyib o'yinchilari bor, shundan so'nggina biz yana UEFA Chempionlar ligasi haqida o'ylaymiz».
❓Oyog'ingizga nima bo'ldi? Nima sodir bo'ldi?
🗣 Erik Garsiya: «Turkiyadan o'zim bilan olib ketayotgan kichik sovg'a, o'yin epizodi, lat yeyish».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!