Erik Garsiya "Oltin to'p" sovrini uchun Lamin Yamal nomzodini qo'llab-quvvatladi
Barca Family News ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 9

Erik Garsiya "Oltin to'p" sovrini uchun Lamin Yamal nomzodini qo'llab-quvvatladi

❓Shaxsiy fikringizcha, kim "Oltin to'p"ga loyiq?

🗣 Erik Garsiya: "Menimcha, shohsupaning barchasi "kules" (Barselona muxlislari) vakillaridan iborat bo'lishi kerak. Shubhasiz, hech ikkilanmay Lamin g'olib chiqishi kerak deb hisoblayman.

Pedri va Rafinyaning ro'yxatda yo'qligi — menimcha, bu shunchaki aql bovar qilmaydigan holat, lekin mayli, oxir-oqibat, bu nominatsiyalar... Ularning qanday tuzilganini bilamiz-ku, to'g'rimi? Kubarsi u yerda ekanligidan juda xursandman, u buni juda munosib deb bilaman. Dani ham u yerda bo'lishi mumkin edi. Fermin ham ajoyib yil o'tkazdi va ro'yxatda bo'lishga haqli edi deb o'ylayman. Shunday ekan, mayli, buni qabul qilish kerak, lekin menimcha, Lamin g'olib chiqishi kerak".

❓Siz darhol shohsupaning barchasi "kules"dan bo'lishi kerakligini aytdingiz. Uchovlon ham "Barsa"dan bo'lishi kerakmi?

🗣 Erik Garsiya: "Aynan shunday".

❤️

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!