Everton Balogun transferi bo'yicha kelishuvga erishdi
Les Rouge et Blanc ↗ ●●●●○ Transfer 👁 22

Everton Balogun transferi bo'yicha kelishuvga erishdi

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Everton Balogun transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Transfer summasi 45 million yevroni tashkil etadi, shuningdek, 5 million yevro bonuslar va keyingi sotuvdan foizlar ko'zda tutilgan.

Hozirda futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. Bu bitim yakunlanishi uchun so'nggi muhim qadam hisoblanadi.

Bravo, Tyago! Boshqa klublardan qiziqish deyarli bo'lmagan bir paytda, so'nggi daqiqalarda Everton bilan ajoyib shartlarni kelishib oldi.

Rasmiyatchiliklar tez orada yakunlanishiga ishonamiz. Liga 1 da transfer oynasi 1-sentabr kuni soat 19:59 gacha ochiq bo'ladi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!