Fernando Polo xabariga ko'ra, «Barsa» rahbariyati bir necha haftadan buyon Ferran Torresga shartnomani uzaytirish niyatida ekanini bildirib kelmoqda, biroq bu moliyaviy feyr-pley qoidalari sababli sentyabr oyida amalga oshishi kerak. Futbolchining klub unga bo'lgan ishonchini ko'rsatishi kerakligi haqidagi bayonoti klubda ajablanish uyg'otdi.
Klub o'z pozitsiyasidan bir qadam ham chekinmoqchi emas. «Barsa» unga ishonishini, ammo bu faqat belgilangan muddatlar va maosh shartlari doirasida bo'lishini aniq tushuntirmoqda.
Klub Ferranning maoshi uning tarkibdagi o'rni va murabbiy bahosiga mos keladi deb hisoblaydi, shu bois taklif etiladigan shartnomada maoshning sezilarli darajada oshishi kutilmayapti. Sport nuqtai nazaridan esa, maydondagi daqiqalar va tarkibdagi rol Xansi Flikka bog'liq.
Klubda Ferran nima uchun xafa bo'layotganini tushunishmayapti, chunki Flik uni asosiy hujumchi deb hisoblamaydi, terma jamoada ham u zaxiradan maydonga tushadi.
Agar Ferran ketishni istasa, buni o'zi so'rashi kerak. U sotib olmoqchi bo'lgan klubdan taklif taqdim etishini so'rasin va «Barsa» rahbariyati buni ko'rib chiqadi. Ammo hozircha bunday taklif kelib tushmagan va u umuman kelishiga shubha qilayotganlar ham bor. Gap shundaki, «Barsa»da Ferran shunchaki shartnomani foydaliroq shartlarda uzaytirish uchun o'zini ko'rsatmoqchi bo'layotganini istisno qilmaydigan nufuzli shaxslar bor.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!