Ferran Torres: «Kules, birinchi navbatda, sizlarga barchasi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu ranglarni himoya qilish men uchun katta sharaf edi.
«Barsa»da o'tgan to'rt yarim yil davomida boshdan kechirganlarim meni yaxshiroq futbolchi va yaxshiroq inson qildi. Shu vaqt mobaynida «Barselona» mening uyim bo'ldi. Men bu yerga bor kuchimni berishga va'da berib kelgandim va buning uchun tinmay mehnat qildim. Maqsadim doimo jamoaga yordam berish hamda «Barsa»ni o'zi munosib bo'lgan cho'qqiga olib chiqish edi.
Bu klubda men ham kiyinish xonasida, ham undan tashqarida ko'plab do'stlar orttirdim, shuningdek, barchamizni yaxshiroq bo'lishimizga hissa qo'shgan insonlar bilan tanishdim. Biz «Barsa» bilan birgalikda chempion bo'ldik, ko'pchiligimiz esa terma jamoa bilan ham muvaffaqiyatlarga erishdik. Rahmat va Força Barça! ❤️
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!