Ferran Torres PSJ safiga o'tdi
Good Sport ↗ ●●●●● Transfer 👁 7

Ferran Torres PSJ safiga o'tdi

PSJ "Barselona" bilan 26 yoshli ispaniyalik hujumchi Ferran Torresning transferi bo'yicha 50 million yevro evaziga kelishuvga erishdi. Futbolchi 2031-yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomani imzoladi.

Moliya masalasiga to'xtaladigan bo'lsak:

● "Barsa" Ferranni 2022-yil yanvarida "Man Siti"dan 55 million yevroga sotib olgan edi. Yillik amortizatsiya 10 million yevroni tashkil etadi.

● Demak, "Barselona" bu transferdan 40 million yevro sof foyda ko'radi. Yillik xarajatlardan esa 23 million yevro (10 million yevro amortizatsiya va 13 million yevro maosh) qisqaradi.

● Shu bilan birga, "Barsa" "Siti"ga to'lanishi kerak bo'lgan bonuslar (shartnomani uzaytirish uchun 8 million yevro va 55 million yevrodan qimmatroqqa sotilganda 10 million yevro) bandlarini chetlab o'tishga muvaffaq bo'ldi.

● PSJ uchun transfer yiliga 10 million yevroga (besh yillik amortizatsiya) va maoshga tushadi.

Natijadan barcha tomonlar mamnun. "Barsa" shartnoma muddati tugashiga bir yil qolganida xarid summasining deyarli barchasini qaytarib oldi va moliyaviy feyr-pley doirasida xarajatlarni kamaytirdi. PSJ esa hujum chizig'ini nisbatan arzon va sifatli futbolchi bilan kuchaytirib oldi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!