✅ Fabrisio Romano xabariga ko'ra, PSJ Ferran Torres bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishdi. Hozirda klublar transfer narxi bo'yicha muzokaralarni boshlashmoqda. "Barsa" futbolchini jamoada qolishga majburlamoqchi emas.
✅ Fernando Polo ma'lumotiga ko'ra, hozirgi vaqtda "Barselona"da Ferran bo'yicha aniq takliflar yo'q, ammo PSJ futbolchini qo'yib yuborishga tayyorligini bilish uchun klub bilan bog'langan. Qo'ng'iroq davomida hech qanday aniq taklif bildirilmagan, biroq futbolchining o'zi Parijga ko'chib o'tishni istamoqda.
"Barsa" taklif tushishi bilan uni ko'rib chiqishga tayyor: agar taklif kutganlariga mos kelsa, uni qabul qilishadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!