FFF «Strasbur»ga qarshi o'yindagi hakamlik xatosini tan oldi
ASM ↗ ●●●●● Umumiy 👁 7

FFF «Strasbur»ga qarshi o'yindagi hakamlik xatosini tan oldi

Rasman: bizdan 100 foizlik penaltini o'g'irlashdi.

Fransiya hakamlar departamenti (FFF) Liga 1 4-turidagi bahsli vaziyatlarni tahlil qilib, «Strasbur»ga qarshi o'yinimizda hakamlar tomonidan qo'pol xatoga yo'l qo'yilganini rasman tan oldi:

89-daqiqada hujumchining harakat trayektoriyasiga o'ng oyog'ini qo'yib, to'pga o'ynamagan «Strasbur» himoyachisi raqibning chap oyog'iga tegib ketadi, bu esa uning yiqilishiga va to'pni yo'qotishiga olib keladi. Bu harakat 12-qoidaga ko'ra fol deb baholanadi: VAR tizimi aralashib, bosh hakamni monitor oldiga chaqirishi va yaqqol penalti belgilashi kerak edi.

«Monako» 1:1 hisobi qayd etilayotgan o'yinning so'nggi daqiqalarida 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirishi kerak edi. Xatoni tan olishdi, ammo o'g'irlangan ochkolarni jadvalga hech kim qaytarib bermaydi, afsus. Yengilroq bo'ldimi? Unchalik emas.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!