Frenki de Yong: «Mag'lubiyat har doim og'riqli, ayniqsa u o'z maydonimizda va Klasiko kabi o'yinda sodir bo'lganda. Biz bunday natijani kutmagan edik, ammo chempionatda hamon peshqadamlik qilmoqdamiz. Hozir bizga ushbu dahshatli haftadan so'ng yana oyoqqa turib olish kerak va bizda buni uddalay oladigan jamoa bor. Biz o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotmasligimiz va tanlangan yo'ldan borishda davom etishimiz kerak.
Ha, biz odatdagidek tartibli o'ynamadik va to'pni odatdagidan ko'proq yo'qotdik. «Real»ning kuchi aynan shunda namoyon bo'ladi: hujum qurishning birinchi yoki ikkinchi bosqichida to'pni yo'qotsangiz, ularda o'yin borishini o'zgartirib, hujumlarni yakunlay oladigan juda tezkor futbolchilar bor».
❓Hisob 1:1 bo'lganida, «Barselona» g'alaba goli ilinjida hujumga tashlandi. Buni xato deb hisoblamaysanmi?
Frenki de Yong: «Yo'q, men buni xato deb hisoblamayman, chunki biz o'yin borishini juda yaxshi nazorat qilayotgan edik. Biz g'alaba qozonishni istadik va bu biz har doim qiladigan ish — bu bizning o'zligimiz, biz undan hech qachon voz kechmaymiz va menimcha, biz undan voz kechmasligimiz kerak. Shundan so'ng biz qarshi hujumda gol o'tkazib yubordik va shubhasiz, biz u vaziyatda yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi. Shunga qaramay, biz o'zligimizdan va o'yin uslubimizdan voz kechmaymiz».
❓Muxlislarga jamoaga ishonishda davom etishlari uchun qanday xabar yetkazgan bo'larding?
Frenki de Yong: «Biz muxlislarning qo'llab-quvvatlashini his qilib turibmiz va bu ko'mak bizni yanada kuchliroq qiladi. Menimcha, futbolchilar va muxlislar o'rtasida mustahkam bog'liqlik bor va bu hamjihatlik bizni yaxshiroq va kuchliroq jamoaga aylantiradi. Umid qilamanki, biz shu ruhda davom etamiz va birgalikda yana ko'plab g'alabalarni nishonlay olamiz».
❓O'z qaytishingni qanday kechirayapsan, ayniqsa yarim himoyadagi kuchli raqobat sharoitida asosiy tarkibdan o'rin olishga intilayotganingni hisobga olsak?
Frenki de Yong: «Ha, bizda yuqori saviyali futbolchilar ko'p, ayniqsa yarim himoyada, u yerda ajoyib futbolchilar tanlovi katta. Bunday raqobatning mavjudligi «Barselona» kabi darajadagi jamoa uchun mutlaqo tabiiy holat, shuning uchun men uchun bunda yangilik yo'q. Hozir men jamoaga yordam berishni va imkon qadar tezroq asosiy tarkibga qaytishni istayman».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!