Gabri Veyga va Diogu Koshta "Eshtoril"ga qarshi o'yindan so'ng taqdirlandilar
FC Porto ↗ ●●●●● Natijalar 👁 25

Gabri Veyga va Diogu Koshta "Eshtoril"ga qarshi o'yindan so'ng taqdirlandilar

⭐️ Gabri Veyga va Diogu Koshta "Eshtoril" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng mukofotlarga loyiq ko'rildilar

"Portu"ning ispaniyalik yarimhimoyachisi Gabri Veyga Portugaliya chempionati o'ninchi turida "Eshtoril"ga qarshi kechgan bahsda (4:0) gol urib, golli uzatmani amalga oshirdi va Portugaliya Ligasi talqiniga ko'ra o'yinning eng yaxshi futbolchisi (MVP) deb topildi.

"Ajdarlar" sardori Diogu Koshta esa o'yin davomida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgani uchun "Clean Sheet" mukofoti bilan taqdirlandi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!