Gabriel Jezus: «Barselona»da o'ynash — men uchun orzu, bu haqda bir necha bor aytganman. Bu yerdagi futbolchilar bilan o'ynash juda oson: ularning barchasi ajoyib harakat qiladi va doimo to'p nazoratida bo'ladi. Bu hujumchi sifatida menga golli vaziyatlar yaratishni ancha osonlashtiradi va men har doim gol urishga tayyorman.
O'ylaymanki, Flik barchamizga, barcha o'yinchilarga katta ishonch bag'ishlamoqda. Biz juda yaxshi o'ynayapmiz. U bizda vaziyatlar bo'lishini va jarima maydonchasiga kirganimizda gol urishimiz kerakligini aytadi. Umid qilamanki, Rafa tezroq tuzalib ketadi, chunki jamoa uni sog'inmoqda.
Rostini aytsam, ko'p gol uradigan jamoalarda o'ynaganman va hozir ham shunday jamoada to'p tepyapman. Umid qilamanki, o'yinlarni yutish va mavsum yakunida sovrinlarni qo'lga kiritish uchun gol urishda davom etamiz, chunki eng muhimi shu». ❤️
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!