«Roma» Gabriel Sara ortidan kuzatmoqda: qiziqish bildirayotganlar orasida «Napoli» va APL klublari ham bor.
Yanvar oyidagi transfer oynasi arafasida «Roma» tarkibni, xususan, yarim himoya chizig'ini kuchaytirish variantlarini ko'rib chiqmoqda. Rimliklar kuzatuv ostiga olgan futbolchilar qatorida «Galatasaroy» sharafini himoya qilayotgan 1999-yilda tug'ilgan braziliyalik yarim himoyachi Gabriel Sara ham bor.
Futbolchiga «Napoli» ham qiziqish bildirmoqda. Angliya Premyer-ligasi tomonidan vaziyatni «Nyukasl» va «Everton» kuzatib bormoqda. Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, ular futbolchi uchun taxminan 30 million yevro taklif qilishga tayyor.
Manba: Fussball-news.de.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!