Yagiz Sabuncuoglu xabariga ko'ra, «Galatasaroy» Aleksandr Syorlotni qo'lga kiritish uchun ilk qadamlarni tashladi — kecha klub norvegiyalik hujumchining agenti bilan uchrashuv o'tkazdi. Turklar o'z qiziqishlarini bildirib bo'lishdi, futbolchining o'zi ham transferga qarshi emas, biroq uning maoshi bo'yicha talablari yiliga 10–12 million yevroni tashkil etadi.
«Galatasaroy» Viktor Osimhenga raqobatbardosh va ishonchli muqobil bo'la oladigan tajribali hujumchini tarkibga qo'shib olmoqchi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!