Gasperini: «Komo» uzoq vaqt jiddiy raqib bo'lib qoladi
«Roma» bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini A Seriyaning 6-turidan o'rin olgan o'zaro uchrashuv oldidan «Komo» jamoasiga yuqori baho berdi.
«Ha, ular yaxshi jamoa. Ular o'z futboliga, loyihasiga va klubiga ishonishadi. «Komo» uchinchi diviziondan Chempionlar ligasigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi va katta muvaffaqiyatlarga erishdi.
O'ylaymanki, bu vaqtinchalik holat emas. Ularda nafaqat resurslar, balki yuqori darajadagi mahorat ham bor. Shubhasiz, «Komo» uzoq vaqt jiddiy raqib bo'lib qoladi», — dedi Gasperini.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!